
Ansu Fati “Levante”ga qarshi Leo Messining uzatmalaridan so‘ng dublga erishdi. Bahsdan so‘ng futbolchi fikrlari bilan bo‘lishdi.
“Men ushbu vaqt kelishini orzu qilardim. Vanihoyat oruzlar ushaldi. Yillar davomida Messining o‘yinlarini tomosha qilib keldim. U bilan birga to‘p tepish esa orzu edi. Jamoadoshlarim men uchun hamma narsani soddalashtirib bermoqda. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirishim kerak. Sodir bo‘layotgan narsalarga asta-sekin ishonishni boshladim, ammo hali ham oxirigacha emas”, — deydi Fati.
Fati joriy mavsum La Liga doirasida 13 ta bahsda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar