
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Belek shahrida olib borayotgan Namanganning “Navbahor” klubi ixtiyoriga xorijlik yana bir nafar futbolchi qo‘shiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, yangi legioner rossiyalik Ruslan Bolov. U 1994 yil 7 mayda Rossiyaning Nalchik shahrida tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi.
Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak - Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard - Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o‘tkazgan.

Ruslan Bolov 5 fevral kuni Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi hamda tez kunlarda Turkiyaga yo‘l oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar