“Navbahor” rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

“Navbahor” rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Rossiyalik hujumchi Ruslan Bolov bugun Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ruslan Bolov 1994 yil 7 mayda Rossiyaning Nalchik shahrida tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi.

Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak - Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard - Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o‘tkazgan.

Ruslan Bolov 5 fevral kuni poytaxtimiz Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi hamda shu kunlarda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada o‘tkazayotgan jamoa ixtiyoriga yetib boradi.

- "Biz yangi mavsumda Ruslan Bolovga omad yor bo‘lishi va chiroyli o‘yinlari hamda gollari bilan "Navbahor"ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishini tilab qolamiz", - deb yozadi “Navbahor” matbuot xizmati.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar