
"ProSportsManagement" agentligi rahbari German Vladimirovich Tkachenko hisoblanadi.
Uning qo‘l ostida Qahhor Mo‘minov, Ayrat Imamov, Mixail Danilyuk va Konstantin Nesterenko singari futbol agentlari faoliyat yuritmoqda.
Mazkur agentlik asosan Rossiya va Ukraina chempionatlarida to‘p tepadigan futbolchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Aleksandr Kerjakov, Denis Kolodin, Sergey Ignashevich, Sergey Semak va Igor Semshov kabi rus futbolida o‘z nomiga ega bo‘lgan sobiq yulduzlar ham futbolchilik faoliyati davomida "ProSportsManagement" bilan hamkorlik qilgan.
Agentlik bugungi kunda xizmat ko‘rsatayotgan futbolchilar orasida Oleg Shatov ("Zenit"), Yegor Baburin ("Rostov"), Aleksandr Anyukov ("Krilya Sovetov"), Fyodor Smolov ("Selta") va boshqa futbolchilar bor.
German Tkachenko rahbarligidagi agentlik bilan hamkorlik qiladigan yurtdoshlarimiz soni endi uchtaga yetdi: Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar