
Angliya chempionatida o‘zini ko‘rsatayotgan “Vulverxempton” hujumchisi Raul Ximenes nihoyat grand klublarda to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
29 yoshli meksikalik hujumchini “Manchester Yunayted” va “Yuventus” o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Har ikki klub “Vulverxempton” vakillari bilan bog‘lanib, ularning transferlar davridagi rejasini so‘ragan.
O‘z navbatida, “bo‘rilar” mohir hujumchi uchun 34 million funt-sterling to‘laydigan jamoa bo‘lsa, uning ketishiga mone’lik qilmasligini bildirgan. Qizig‘i, “Vulverxempton” bundan ikki yil muqaddam Raul tarkibiga qo‘shib olish uchun “Benfika”ga shuncha pul to‘lagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar