Foto: DPA
Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sababli O‘yinlarni 2021 yilda soddalashtirilgan tartibda o‘tkazishga qaror qildi. Bu qarorni 10 iyunda o‘tgan yig‘ilish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita e’lon qildi.
“Biz xarajatlarni qisqartirish va virus tarqalishi oldini olish maqsadida O‘yinlar o‘tkazilishi formatini soddalashtirishga qaratilgan siyosatni tasdiqladik”, deb aytilgan Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi bayonotida.
Musobaqalar uchta asosiy tamoyil – xavfsiz vaziyat, xarajatlarni minimallashtirish va O‘yinlar o‘tkazilishi formatini soddalashtirish asosida o‘tkaziladi.
Avvalroq Olimpiada ochilishi va yopilishi ishtirokchilari soni kamaytirilishi hamda stadionlarda tomoshabinlar soniga cheklov kiritilishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Shuningdek, Yaponiya nafaqat sportchilar va jamoalar a’zolarini, balki muxlislarni ham koronavirusga majburiy tekshirishni o‘tkazish hamda sportchilarning Olimpiya qishlog‘i tashqarisida harakatlanishini cheklash variantini ham ko‘rib chiqqan.
Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi ijrochi direktori Tosiro Muto O‘yinlar “ortiqcha dabdabasiz” o‘tishini va ularning tashkillashtirilishi soddalashtirilishini ta’kidlab o‘tgan. Tashkiliy qo‘mita fikricha, bir yilga ko‘chirilgan O‘yinlar umumjahon birdamligi va tiklanish ramziga aylanishi kerak.
Mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi pandemiya sababli Tokio Olimpiadasining 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirilishini e’lon qilgandi. Yangi muddatlarga ko‘ra, musobaqalar 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar