22:15 / 03.07.2020
1 197

Shahzod Ubaydullayev: "Terma jamoadan taklif olishga tayyorman"

Shahzod Ubaydullayev: "Terma jamoadan taklif olishga tayyorman"
Bekobodning "Metallurg" jamoasi safarda "Buxoro"ni yirik hisobda taslim qildi.
Mazkur uchrashuvda bekobodliklarning ikki goliga mualliflik qilgan Shahzod Ubaydullayev o‘tgan turlarda bo‘lgani kabi bu safar ham raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi. Yakunda bir qator nomzodlar orasida Ubaydullayevning "Buxoro" darvozasiga urgan goli saytimiz tomonidan turning eng chiroyli goli deb topildi. Biz bu borada iqtidorli forvardning fikrlari bilan qiziqdik.

"Yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsakda oson o‘yin o‘tkazmadik. Birinchi bo‘limda asosan maydonga moslashishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa harakatlarimiz o‘xshadi va o‘zimiz uchun kerakli natijani qo‘lga kirita oldik. Shuningdek bahsning ikkinchi qismida maydonga to‘liq moslashib ko‘proq hujum qilishga intilganimiz samarasini berdi. Mening fikrimcha, "Buxoro" jamoasi futbolchilari ikkinchi goldan keyin ruhan sinib qoldi va shuning hisobiga o‘yinni berib qo‘ydi. G‘alaba qozonib hisobimizga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo‘yganimizdan xursandmiz.

Terma jamoadan chorlov? Albatta, vatan jamoasi sharafini himoya qilish har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Milliy jamoadan taklif olishga tayyorman.
Har bir uchrashuvda gol urib jamoamning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishni istayman. G‘alaba bilan barcha ishqibozlarimizni tabriklayman
", - deydi Shahzod Ubaydullayev.

Manba: championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)