23:46 / 06.07.2020
1 947

Tachmurod Agamurodov: "Rahbariyat oldida vijdonimiz toza"

Tachmurod Agamurodov: "Rahbariyat oldida vijdonimiz toza"
Coca Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o‘z fikrlarini bildirdi.

Bugun biz uchun juda muhim bahs edi. Ikkala jamoa ham musobaqa jadvalida deyarli yonma-yon edi. Uchrashuv oxirida konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik, o‘yin so‘nggida majburiy o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Alamli durang, ammo bu futbol", - deydi Agamurodov.

- Sherali Jo‘rayev bugun hujumchi ortida o‘ynadi...
- Sababi u universal futbolchi, oldinda ijodkor futbolchi yetishmayotgandi. U gol urdi, afsuski o‘yin so‘nggida almashtirishlarini so‘radi.

- Qanotlarda o‘ynagan Abdullajonov va Ibragimov haqida fikringiz...
- Oldingi o‘yinlarga qaraganda ular yaxshi o‘ynashdi. Ibragimov mening qo‘l ostimda ilk bor asosiy tarkibda tushdi. Ularga e’tiroz yo‘q.

- Jamoaning qoniqarsiz natijalaridan keyin rahbariyat sizga ishonayaptimi?
- Buni rahbariyatdan so‘rash kerak. Biz o‘z ishimizni bajarayapmiz, menimcha qisqa vaqt ichida katta natijalar talab qilish noto‘g‘ri. Rahbariyat oldida vijdonimiz toza, faqatgina natija yo‘q. Nima uchun g‘alaba qozona olmayotganimizning ko‘plab sabablari bor, ularni aytishni boshlasam ko‘p vaqt ketadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tachmurod Agamurodov: "Rahbariyat oldida vijdonimiz toza"