
Professinal boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan britaniyalik Jo Joys ( 11-0, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangida germaniyalik Maykl Uallishga qarshi ringga ko‘tarildi va uni mag‘lubiyatga uchratdi. Joys raqibini jang mobaynida 3 marotaba nokdaun holatiga tushirdi va 3-raundda texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
24 yoshli Uallish ( 20-4, 13 KO) Joys bilan jangidan avval ham Kristian Xammer, Efe Ajagba, Toni Yokalarga qarshi janglarda nokautga uchragan edi.
Eslatib o‘tamiz: Jo Joys Rio Olimpiadasi chorak finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolov ustidan g‘alabaga erishgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar