05:39 / 27.07.2020
2 737

Yaxshiboyevni to‘xtatib bo‘lmaydi, u yana ikkita gol urdi

Yaxshiboyevni to‘xtatib bo‘lmaydi, u yana ikkita gol urdi
Belarus Oliy ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor" hamda "Smolevichi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda soligorskliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev mezbonlar safida uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining ikki hamda to‘rtinchi gollariga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "konchilar" hisobidagi ochkolar soni 37 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Shaxtyor" - "Smolevichi" 4:0
Gollar:
Antich (9), Yaxshiboyev (61, 70), Szoke (69)

O‘zbek legioneri Belarus chempionatida kiritgan gollari sonini 12 taga yetkazib, to‘purarlar bahsida peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamladi. Shuningdek, Jasur Yaxshiboyev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyevni to‘xtatib bo‘lmaydi, u yana ikkita gol urdi