07:30 / 04.08.2020
1 756

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya SSKA futbol klubining bosh homiysiga aylandi

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya SSKA futbol klubining bosh homiysiga aylandi
Foto: SSKA
Rossiyaning ko‘p tarmoqli IT-kompaniyasi «IKS Xolding» SSKA futbol klubining bosh homiysiga aylandi.
Rossiya va chet elning 30 dan ziyod kompaniyalarini o‘zida birlashtirgan xolding moskvaliklar klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

SSKA libosining old qismida, «VEB Arena» stadionining devorlarida, klubning chop etiladigan barcha materiallari va internet resurslarida kompaniya logotiplari aks etadi.

Aprel oyida «IKS Xolding»ning 100% aksiyasi Alisher Usmonovga tegishli USM xolding tasarrufiga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.
SSKA Rossiya Premer Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida 4-o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonovga tegishli kompaniya SSKA futbol klubining bosh homiysiga aylandi