16:10 / 14.08.2020
3 820

Bugungi o‘yin oldidan “Spartak” bosh murabbiyi O‘runov va Kokorin haqida muhim ma’lumot berdi

Bugungi o‘yin oldidan “Spartak” bosh murabbiyi O‘runov va Kokorin haqida muhim ma’lumot berdi
Rossiya premer-ligasining ikkinchi turida “Spartak” o‘z maydonida “Axmat” jamoasini qabul qiladi. Bu uchrashuvdan oldin moskvaliklar bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ko‘pchilikni qiziqtirayotgan masalaga oydinlik kiritdi.

Ayni paytda muxlisu mutaxassislar katta shov-shuvlar bilan “Spartak”ga transfer qilingan Oston O‘runov va Aleksandr Kokorinning debyut uchrashuvini kutmoqda.

- Aleksandr Kokorin mashg‘ulotlardan birida mushaklaridan jarohat olgan. Tibbiyot bo‘limi mutaxassislari bilan har kuni bog‘lanib turibmiz. Lekin Kokorinning qachon safga qaytishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. U “Axmat”ga qarshi uchrashuvdan tashqari, “Ufa” bilan bo‘ladigan bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Oston O‘runov esa jamoaga kelgunicha koronavirus bilan kurashdi va uch hafta shug‘ullanmadi. Hozir u umumiy guruh bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Shuningdek, sport formasini tiklab olish uchun jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bilan ham alohida dastur bo‘yicha mashq qilyapti. Unda ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Uning tezroq maydonda ko‘rishga biz ham umid qilyapmiz.

Albatta, katta ishonch bilan olingan ikki kuchli futbolchilarimizdan foydalana olmaslik, bizni ham xursand qilayotgan yo‘q, - dedi Tedesko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugungi o‘yin oldidan “Spartak” bosh murabbiyi O‘runov va Kokorin haqida muhim ma’lumot berdi