Osiyo Chempionlar ligasining 5-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" futbolchisi Dragan Cheran bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Bugun faqat biz o‘ynadik, bu bizning o‘yin bo‘ldi. Juda ko‘plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bugun biz ikki ochkoni boy berdik deb o‘ylayman.
Biz raqibni o‘rganganimiz singari ular ham bizni o‘rganishadi. Kuchli taraflarimizni yopishga urinishadi. Ular qanotdan o‘tishimizni yopmoqchi bo‘lishdi, biz markazdan ham hujumlar uyushtirdik. Vaziyatlardan foydalanmadik va raqib ham himoyada yaxshi o‘ynashga urindi. Bu gol ura olmaganimiz sababi", - dedi Cheran. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar