11:53 / 24.09.2020
2 026

"Shahr Xodro" murabbiyi Muhammad Navazi: "Osiyoning kuchli klublaridan biri bilan tengma-teng o‘ynadik"

"Shahr Xodro" murabbiyi Muhammad Navazi: "Osiyoning kuchli klublaridan biri bilan tengma-teng o‘ynadik"
OCHL 6-turidan o‘rin olgan "Shahr Xodro" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin eronliklar murabbiyi Muhammad Navazi o‘z fikrlarini bildirdi.
"Barchaga rahmat. Avvalo futbolchilarga rahmat aytamoqchiman. Ular bugun bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ular juda ham charchashdi. Oldin ham aytgandim, Qatarga Erondagi muammolar tufayli eng kuchli tarkibni olib kela olmadik. Ammo bu bahona bo‘la olmaydi. Bu biz uchun katta tajriba bo‘ldi. Keyingi mavsumda yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz. "Paxtakor" juda kuchli jamoa va bugun ular buni isbotlashdi. Barcha jabhada yutqazdik deya olmayman, Osiyoning kuchli klublaridan biri bilan tengma-teng o‘ynadik. Munosib o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman.

Bu musobaqa biz uchun yaxshi o‘tdi. Qatarga mehmondo‘stlik uchun rahmat. Menimcha Jahon chempionati ham ajoyib tarzda o‘tadi. Kamchilik tomonlarini aytadigan bo‘lsam oltita klub bilan bir mehmonxonada yashash va u yerdan hech qayerga chiqmaslik ruhiy tomonlama og‘ir, - deydi Navazi.

- "Shahr Xodro" OCHLda bironta gol ura olmadi. Bu borada nima deya olasiz?
- Bizning tarkib yangi va bu musobaqaga bir oy davomida birga tayyorlandik xolos. Qaytaraman, tashqi muammolar tufayli eng kuchli tarkibni olib kela olmadik. Bu musobaqa biz uchun tajriba maktabi bo‘ldi va ko‘plab imkoniyatlar yaratib ulardan foydalana olmadik. Bunday o‘yinlar tajriba to‘plash uchun juda muhim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shahr Xodro" murabbiyi Muhammad Navazi: "Osiyoning kuchli klublaridan biri bilan tengma-teng o‘ynadik"