
Foto: Getty Images
«Barselona» sobiq hujumchisi Luis Suares Lionel Messi bilan do‘stligi va bunga katalon klubi rahbariyatining munosabati haqida gapirdi.
- "O‘ylashimcha, ular bizni ayirishni xohladi. Balki, do‘stligimiz ularni xavotirga solgandir, rahbariyat ko‘p vaqtni birga o‘tkazishimizni istamasdi. Biroq nima sabab ular bizning do‘stligimiz jamoaga xalal beradi deb o‘ylagani menga qorong‘i.
Albatta, menga Leo yetishmayapti, biroq zamonaviy texnologiyalar orqali muntazam muloqotda bo‘lib turibmiz. Biz o‘zaro do‘stligimizni qadrlaymiz.
Umumiy jihatlarimiz ko‘p. Ertalablari birgalikda mashg‘ulotga borardik, birga choyxo‘rlik qilishni yoqtirardik. Farzandlarimiz ham o‘zaro do‘stlashgan, oilalarimiz orasida qalin rishta bor", - deydi «Atletiko» futbolchisi Luis Suares.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» sentabr oyida urugvaylik futbolchini «Atletiko» safiga qo‘yib yubordi. Avvalroq Leo Messi katalon klubining ushbu qaroriga o‘z munosabatini bildirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar