19:53 / 18.10.2020
4 227

Shomurodov "Verona"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi

Shomurodov "Verona"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi
Italiya A seriyasining 4-turi 19 oktabr kungi "Verona" - "Jenoa" uchrashuvi bilan yakuniga yetadi. "Jenoa" safida Mattia Perin, Mixa Zays, Ivan Radovanovich, Marko Pyatsa, Luka Pellegrini, Davide Biraski, Filippo Melegoni, Valon Bexrami, Lasse Shone va Federiko Marketti kabi futbolchilar koronavirusdan tuzalishdi. Perin va Zays "Verona"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashlari kutilmoqda.

Bundan tashqari Football-italia.net nashri taxminiga ko‘ra, "Jenoa"ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov ham shu o‘yinda debyut qiladi. Nashr taxminiy tarkibida "Jenoa" taktik sxemasi 3-5-2 sifatida ko‘rsatilgan. Shomurodovga tajribali makedoniyalik Goran Pandev tandem bo‘lishi kutilmoqda.

"Verona" - "Jenoa"

Taxminiy tarkiblar:

"Verona" (3-4-2-1):
Marko Silvestri; Matteo Lovato, Alan Empereur, Federiko Chekerini; Marko Faraoni, Adriyen Tamez, Ivan Ilich, Darko Lazovich; Mattia Zakkani, Eddi Salsedo; Samuel Di Karmine.
Jarohatlanganlar: Andrea Dansi, Antonin Barak, Mert Chetin, Marko Benassi, Pavel Davidovich, Koray Gyunter.

"Jenoa" (3-5-2): Mattia Perin, Eduardo Goldaniga, Kristian Sapata, Andrea Masello; Paolo Gilone, Mixa Zays, Milan Badel, Nikolo Rovella, Lennart Chiborra; Eldor Shomurodov, Goran Pandev.
Jarohatlanganlar: Mattia Destro, Lukas Lerager, Davide Zappakosta, Darian Marles, Domeniko Krishito, Franchesko Kassata.

Eslatib o‘tamiz, "Verona" - "Jenoa" uchrashuvi 19 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov "Verona"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi