10:50 / 23.10.2020
2 995

Mag‘lubiyat qimmatga tushdi. “Real” bosh murabbiyni almashtirmoqda

Mag‘lubiyat qimmatga tushdi. “Real” bosh murabbiyni almashtirmoqda
Chempionlar ligasining birinchi turida “Real” o‘zidan ancha kuchsiz hisoblangan “Shaxtyor”ga yutqazib qo‘yganidan keyin, “Qirollik klubi” rahbariyati Zinedin Zidan o‘rniga boshqa nomzod qidira boshladi.

Ayni paytda madridliklar fransiyalik mutaxassis o‘rniga Maurisio Pochettino va “Kastilya”ni shug‘ullantirayotgan Raul Gonsales nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.

Pochettino “Rayel”ni qabul qilish uchun uzoq muddatli shartnoma talab qilyapti. Agar bunga erisha olsa, jamoani tark etishi to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda ham, bitim muddati tugagunicha maosh oladi. “Real” an’anasida esa, ishdan ketgan murabbiyga shartnoma muddatidan qat’i nazar ketgan mavsumining qolgan qismidagi maoshi to‘lab beriladi.

Avvalroq, klub rahbariyati Zinedin Zidan yaroqsiz, deb baholab, jamoadan ketkazgan futbolchilar boshqa chempionatlarda muvaffaqiyatli o‘ynab ketgani bo‘yicha norozilik paydo bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mag‘lubiyat qimmatga tushdi. “Real” bosh murabbiyni almashtirmoqda