17:35 / 23.10.2020
2 253

Habib Nurmagomedov: «Men qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlayman»

Habib Nurmagomedov: «Men qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlayman»
Foto: Twitter / @GFC
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bolalar tarbiyasi haqida gapirib o‘tdi.

- "Men hozircha qanday ota ekanligimni anglab yetganimcha yo‘q. Boisi uchala farzandim ham hali juda yosh. Ammo qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlardim. Qoidalarga ko‘ra, ota-ona qanchalik qattiqqo‘l bo‘lsa, farzandlarning natijalari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Ularni erkalatib yuborish kerak emas. Otalik ko‘plab narsalarni o‘zgartiradi. Avvaliga sening bolalaring borligini tushunmaysan. Keyin esa ko‘plab narsalarni boshqacharoq qilishni boshlaysan.

Men qattiqo‘l ota bo‘lishni istayman, boisi mendagi imkoniyatlar bilan bolalarni nimalardandir cheklash juda qiyin bo‘ladi. Bolalarni esa har doim qaysidir vaziyatlarda cheklab turish lozim: vaqt va shaxsiy ehtiyojlar bo‘yicha. Menda doim cheklovlar bo‘lgan.

Do‘stlarimning badavlat otalari bor. Menda esa unday bo‘lmagan. Otam bunday narsalarga boshqacha qaragan, men ham u kabi fikrlashni istayman. Biroq menga qiyin bo‘ladi, chunki otam ham boshqa vaqtlarda ulg‘aygan
", - deydi Habib Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 24 oktabr, shanba kuni tunda Jastin Getjiga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi. Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov: «Men qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlayman»