13:28 / 26.10.2020
1 988

Jaloliddinov: Shomurodov va O‘runov yevropaliklardan kuchsiz emas

Jaloliddinov: Shomurodov va O‘runov yevropaliklardan kuchsiz emas
Yozgi transferlar mavsumida “Bunyodkor”dan shov-shuvli tarzda “Lokomotiv”ga transfer qilingan Jasur Jaloliddinov ayni paytda “Tambov” futbolchisi hisoblanadi. Tambovliklar 18 yoshli futbolchimizni mavsum oxirigacha ijara olgan. Jasur yangi jamoasida ham premer-ligada debyut qilishgani ulgurgani yo‘q.

Hamyurtimiz jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, faoliyatiga doir muhim ma’lumotlar haqida ham gapirdi:

- “Lokomotiv” bosh murabbiyi Marko Nikolich yaxshi mutaxassis va futbolchilar bilan qanday muloqot qilishni biladi. Buning ustiga u juda hissiyotli. Doim futbolda emotsiya muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi. Nikolich qo‘l ostida “Lokomotiv” standartlardan unumli foydalanyapti. “Temiryo‘lchilar” standartlardan gol urib, shunday vaziyatda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda. Meni “Lokomotiv”ga olinishimda ham Nikolichning hissasi katta bo‘lgan ekan.

- Bu qanday bo‘lgan?
- Menga bosh murabbiy qiziqayotganini aytishdi. O‘z navbatida, men uning yoshlar bilan ko‘p ishlaganini bildim va menga ham yordam berishiga ishonaman.

- Bu gaplarni Yuriy Belous aytganmi?
- Ha.

- U sizning kelishingizdan oldin “Jasur Joau Mariudan kuchli”, deb bayonot bergandi. O‘zingiz bunaqa taqdimotdan hayron bo‘lmadingizmi?
- Yuriy Viktorovichning gapi bo‘yicha uning o‘zidan so‘raganingiz ma’qul. O‘zimga kelsak, men Joau Mariu darajasiga yetishim uchun hali ko‘p mehnat qilishim kerak, deb hisoblayman. Chunki Yevropa chempionatida g‘olib chiqish har kimga ham nasib qilavermaydi.

- Ilya Gerkus Belousning gaplariga “O‘zbekiston Portugaliyadan qanchalik kuchli bo‘lsa, Jaloliddinov ham Mariudan shuncha kuchli”, degan istehzo bilan javob berdi. Bu sizga alam qilmadimi?
- Har kimning o‘z fikri bor. Bunaqa narsalarni izohlash mening ishim emas.

- Lekin osiyolik futbolchilar yevropaliklardan kuchsiz degan stereotip bor.
- Menimcha, individual taqqoslash kerak. Misol uchun, Eldor Shomurodov “Jenoa”ga, Oston O‘runov “Spartak”ga o‘tdi. Ular yaxshi o‘yinchimi? Albatta, shunday. Demak, O‘zbekiston futboli kuchaymoqda. Bu fikrlarni qirg‘izistonlik Axmetov va qozog‘istonlik Zaynutdinov haqida ham aytish mumkin. Bular yaxshi ko‘rsatkich, deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddinov: Shomurodov va O‘runov yevropaliklardan kuchsiz emas