23:07 / 30.10.2020
2 388

Bektemir Meliqo‘ziyev 31 oktabr tongida chempionlik kamari uchun jang qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyev 31 oktabr tongida chempionlik kamari uchun jang qiladi
Foto: Twitter
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (5-0, 4 KO) Toshkent vaqti bilan 31 oktabr kuni tongda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschiga meksikalik Alan Kampa (17-5, 11 KO) raqib bo‘ladi.

AQSHning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tadigan jang WBO Intercontinental kamari uchun kechadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 07:00 atrofida boshlanadi.

Ikkala sportchi jangdan oldin vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Bektemir 76,2 kg tosh bosgan bo‘lsa, Kampa esa 75,6 kg vazn ko‘rsatdi. Shu tariqa ikkala bokschi ham vazn me’yorini bajardi.

Jangga oid ma’lumotlar va videolarni ushbu havola orqali kuzatib boring — havola

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev 31 oktabr tongida chempionlik kamari uchun jang qiladi