
“Jenoa” rasmiy sayti jamoa tarkibidagi so‘nggi yangiliklarni ma’lum qildi. Xususan, genuyaliklar ikki yildan beri ilk bor Italiya terma jamoasidan chaqiruv olgan Domeniko Krishito mamlakat bosh jamoasi yig‘inidan jarohat tufayli qaytib kelganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, “Jenoa” matbuot xizmati jarohat tufayli safdan chiqqan o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodov va “Chelsi”dan ijaraga oligan tajribali himoyachi David Dzappakosta bir necha kun yugurish bilan shug‘ullanganini va endi maydondagi mashg‘ulotlarga qaytganini bildirdi.
Eldor Shomurodov oktabr oyining oxirida “Jenoa” mashg‘ulotlaridan birida o‘ng sonidan shikastlangan edi. Shu tufayli Eldor genuyaliklarning Italiya kubogidagi “Katandzaro” jamoasi bilan bahsida ishtirok eta olmadi. Hujumchimiz A Seriya doirasida 1 noyabrda “Sampdoriya”, 4 noyabrda “Torino” va 8 noyabr kuni “Roma”ga qarshi o‘yinlarni ham o‘tkazib yubordi.
Shuningdek, Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi navbatdagi yig‘iniga ham taklif etilmadi.
Eldor A Seriyaning 8-turidan oldin safga qaytishi kutilmoqda. “Jenoa” navbatdagi uchrashuvni 22 noyabr kuni safarda “Udineze”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar