20:53 / 21.11.2020
5 977

Bahodir Jalolov Qozog‘istonning eng go‘zal sportchisiga baho bergani shov-shuv bo‘ldi

Bahodir Jalolov Qozog‘istonning eng go‘zal sportchisiga baho bergani shov-shuv bo‘ldi
Voleybol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi o‘yinchisi Sabina Altinbekova nafaqat o‘z mamlakatining, balki jahonning eng chiroyli sportchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Yaqinda mashhur sportchi o‘zining Instagram sahifasiga snayperlar miltig‘idan o‘q uzayotgan suratini joylashtirdi. Uning bu suratiga mashhur insonlar ham o‘z munosabatini bildirdi.

Qozoq saytlari Sabinaning postiga boks bo‘yicha jahon chempioni Bahodir Jalolov ham izoh yozganiga alohida urg‘u berdi.

Hamyurtimiz quroldan otayotgan Sabinaning suratiga “Bu xavfli qiz”, deb izoh qoldirdi.

Sabina Altinbekova o‘z mamlakatidan tashqarida legioner sifatida ham o‘ynagan. Xususan, iste’dodli voleybolchi 2015 yilda Yaponiya ayollar ligasida "GSS Sunbeams" jamoasi sharafini himoya qilgan. Sabina ayni paytda Arab ligasida "Al Wasl" ayollar jamoasida asosiy o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Qozog‘istonlik sportchiga turli agentliklar model sifatida faoliyat boshlash taklifi bilan murojaat qiladi va mo‘may daromadlar va’da qiladi. Biroq, shu kungacha Sabina bu chorlovlarni rad etib kelmoqda. Albatta, uning bu qarori ota-onasiga ham juda ma’qul kelyapti.

Sabina ham xuddi Bahodir singari o‘z yurtidan tashqarida mashhurligi oshib borayotgan sportchilardan hisoblanadi. Shuning uchun ham qozog‘iston saytlari Jalolovning Sabinaning suratlariga munosabat bildirganiga alohida e’tibor qaratdi.

Ayrim saytlar o‘zbek bokschisining izoh yozganidan kelib chiqib, Sabina Altinbekovning qo‘lini so‘ragan aralash jang san’atlari jangchisi Kuat Xamitovga munosib raqobatchi paydo bo‘ldi, deb yozmoqda.

Shuningdek, qo‘shni mamlakatlar jurnalistlari Bahodir Jalolov o‘tgan yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘ta og‘ir vazn toifasida Qozog‘iston terma jamoasi sardori Qamshibek Kunkabayevni mag‘lubiyatga uchratganini ham e’tirof etdi.

Sir emaski, jahonda yetakchilardan bo‘lgan o‘zbek va qozoq boks maktablari uzoq yillardan beri o‘zaro raqobatchi sanaladi. Ayniqsa, o‘ta og‘ir vaznli bokschilar o‘rtasida Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev duellari ko‘plab muxlisu mutaxassislar diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.

Bu ikki bokschi Osiyo va jahon chempionatlarida oltin medal uchun asosiy da’vogarlardir. Ular kelasi yili Tokioda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida ham o‘zaro raqobatni davom ettirishi kutilmoqda.

Shunday bo‘lishiga qaramay, har ikkisining bir biriga bo‘lgan munosabati juda yaxshi. Bahodir Jalolov Qamshibekni yaxshi bokschi ekanini ta’kidlab, uni O‘zbekistonga mehmonga ham chaqirgani bor gap.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Qozog‘istonning eng go‘zal sportchisiga baho bergani shov-shuv bo‘ldi