09:30 / 02.12.2020
2 860

Dunyodagi eng kuchli bokschi ayol MMAga o‘tdi

Dunyodagi eng kuchli bokschi ayol MMAga o‘tdi
Foto: «Si.com»
Amerikalik bokschi Klaressa Shilds Professional jangchilar ligasi (PFL) bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda promoushenning Twitter-akkauntida ma’lum qilindi.

Shu tariqa, 25 yoshli Shilds aralash jang usuliga (MMA) o‘tdi. Sportchi o‘rta, birinchi o‘rta va ikkinchi o‘rta vazn toifalarida ringga ko‘tarilgan.

Klaressa Shilds — ikki karra Olimpiya chempioni. Professional boksda u o‘nta jang o‘tkazib, hammasida g‘alaba qozongan. Amerikalik ayol Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) talqinlari bo‘yicha chempionlik kamarlariga egalik qiladi. «The Ring» va «ESPN» jurnallari reytingiga ko‘ra, Shilds dunyoning eng kuchli bokschi ayoli hisoblanadi.

PFL — Amerikaning MMA promousheni. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, alohida uchrashuvlar o‘tkazmasdan, har bir vazn toifasida chempionat o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyodagi eng kuchli bokschi ayol MMAga o‘tdi