Foto: O‘zA
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Pro-Liga 20-turi doirasida o‘tgan «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidan keyingi holatlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
«Mazkur holat bo‘yicha O‘FA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi va Farg‘onaga yetib bordi. U yerda Ichki ishlar vazirligi hamda «Neftchi» — «Turon» uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur uchrashuv yakunida yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi.
Bunda hakamlarning faoliyati, ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylarning hamda tomoshabinlarning xatti-harakati sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda. Yaqin vaqt ichida surishtiruv ishlari yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi O‘FA bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, «Neftchi»—«Turon» uchrashuvi tugaganidan keyin «Neftchi» futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlandi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamga zarba bergan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur bahsni PFL rahbariyati bilan bir qatorda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ham stadiondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda kuzatib borgan.
Ushbu voqeliklardan so‘ng Professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev yuzaga kelgan holat O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan alohida o‘rganilishini ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi esa o‘yindan so‘ng yuz bergan holatlar tashkilot tomonidan nazoratga olinganini bildirib, barcha huquqbuzarlar ushlanganini va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida bayonot berdi.
Keyinchalik voqeaga aloqador besh kishi 15 sutkaga qamalgani va yana olti kishiga nisbatan jinoyat ishi ochilgani, ular orasida «Neftchi»ning ikki futbolchisi ham borligi ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi