2 920
O‘zbekiston Kubogi. «Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga 8 ta gol urdi, «Mash’al» «Sho‘rtan» ustidan g‘alaba qozondi
Foto: «Paxtakor» FK
Futbol bo‘ycha O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1/8 finalidan o‘rin so‘nggi ikkita uchrashuv 8 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Paxtakor» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qildi va raqib darvozasiga 8 ta to‘p kiritdi. «Sherlar» safida Igor Sergeyev va Eren Derdiyok dublga erishgan bo‘lsa, Dragan Cheran, Abror Ismoilov, Doston Hamdamov va Javohir Sidiqov bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mehmonlarning yagona javob to‘piga Jamshid Boltaboyev muallif bo‘ldi.
Yana bir o‘yin «Mash’al» va «Sho‘rtan» o‘rtasida kechdi. Avvaliga g‘uzorliklar Shokir Yo‘ldoshevning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari 78-daqiqada Asadbek Jo‘raqulovning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.
Asosiy vaqtda durang qayd etilgach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Unda «Mash’al» futbolchilari Sherzod Temirovning dubli evaziga g‘alabani naqd qildi.
«Paxtakor» — «So‘g‘diyona» 8:1
Gollar: 1:0 – 2 Sergeyev, 2:0 – 19 Ismoilov, 3:0 – 28 Cheran, 4:0 – 31 Sergeyev, 5:0 – 53 Hamdamov, 6:0 – 57 Derdiyok, 6:1 – 63 Boltaboyev, 7:1 – 67 Derdiyok, 8:1 – 72, penalti Sidiqov.
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev (Akromjon Komilov, 59), Abror Ismoilov (Odiljon Hamrobekov, 46), Sardor Sobirxo‘jayev, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 59), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 46).
«So‘g‘diyona»: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Ayubxon No‘‘monov, Sanjar Rashidov (Jasur Hasanov, 46), Jamshid Boltaboyev, Shohruz Norxonov, Sanat Shixov (Nodirbek Kuybokov, 57), Javohir Qahramonov, Shahboz Jo‘rabekov.
Ogohlantirishlar: Krimets (17), Qulmatov (49).
«Mash’al» — «Sho‘rtan» 3:1
Gollar: 0:1 – 41 Yo‘ldoshev, 1:1 – 78 Jo‘raqulov, 2:1 – 103 Temirov, 3:1 – 106 Temirov.
«Mash’al»: Shohruhjon Eshbo‘tayev, Mo‘minjon Meliyev, Muhammadali Aliqulov, Jamoliddin Ubaydullayev, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukrullayev, Sardorbek Eminov, Husniddin Mahmudov, Muhriddin Rasulov, Abdumalik Norqobilov.
«Sho‘rtan»: Akmal Raximov, Shokir Yo‘ldoshev, Elyor Omonjonov, Sherbek Eshmurodov, Bekzod Suvonov, Islom Shodmonov, Sanjar To‘raqulov, Shahboz Jo‘rayev, Shaxobiddin Samadov, Salohiddin Sanaqulov, Asadbek Samariddinov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?