Foto: Instagram / @allik0
Professional boksning yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (5-0, 5 KO) o‘zining 6-jangini Toshkent vaqti bilan 13 dekabr kuni o‘tkazadi. Meksikada o‘tkaziladigan jangda Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-0, 3 KO) raqiblik qiladi.
Meksikalik Oliva hozirga qadar professional boksda 4 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 3 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Elnur esa hozirga qadar professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut orqali taslim qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abduraimov so‘nggi jangini 2019 yil 18 mayda Issa Nampepechega qarshi o‘tkazib, raqibini 4-raundda nokautga uchratgan.
Oliva bo‘lsa 2020 yil 28 fevralida Xesus Emmanuel Salinasga qarshi jangda raqibini 2-raundda nokautga uchratib g‘alabani qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi