Foto: «The International Business Times»
«The International Business Times» jurnali 2020 yilning eng yaxshi 10 ta sportchisi reytingini e’lon qildi.
Birinchi o‘ringa «Los-Anjeles Leykers» basketbolchisi Lebron Jeyms sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov reytingdagi ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik sportchi bu yil bitta jang o‘tkazdi. U amerikalik Jastin Getjini mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng u UFCdan ketishini e’lon qildi. U MMAda 29 marta g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri kuchli uchlikdan joy oldi — u WBC talqiniga ko‘ra jahon chempioni kamariga egalik qiladi.
Kuchli o‘nlikka ikkita tennischi kiritilgan: Rafael Nadal (to‘rtinchi) va Naomi Osaka (to‘qqizinchi). Basketbolchi Entoni Devis — beshinchi, poygachi Lyuis Xemilton — oltinchi, futbolchi Garri Keyn — yettinchi, amerikalik futbolchi Patrik Maomes — sakkizinchi o‘rinni egalladi. Bokschi Teofimo Lopes kuchli o‘nlikka yakun yasab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi