18:18 / 16.12.2020
2 029

MIB Chimboy tuman bo‘limi tadbirkorga 527 mln. so‘m qarzini undirib berdi

MIB Chimboy tuman bo‘limi tadbirkorga 527 mln. so‘m qarzini undirib berdi
Chimboy tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Qorao‘zak tumani yo‘llardan foydalanish” Unitar korxonasidan undiruvchi “IKROM-AZIZBEK-AKBAR” MCHJ foydasiga 493 mln. 081,3 ming so‘m asosiy qarz, 29,5 mln. so‘m penya, 5,2 mln. so‘m davlat boji va pochta harajatini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituvida mavjud bo‘lib, bu bo‘yicha tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va taraflarga yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, ijro hujjati talablarini ixtiyoriy bajarish uchun qarzdorga 15 kunlik muddat berilgan, lekin, qarzdor tomonidan talablar bajarilmaganligi sababli, qarzdor tashkilotning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan.

Shundan keyin qarzdor balansidagi mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, javoblariga asosan, qarzdor tashkilot balansida ekskavator mahsus texnika vositasi borligi aniqlandi va joyiga chiqilib xatlovga olindi.

Shundan so‘ng, xatlangan texnika vositasi onlayn autskion savdosida realizatsiya qilish orqali qarzdorlikni bartaraf qilish uchun hujjatlar tayyorlanayotgan vaqtida, qarzdor korxona tomonidan ijro hujjati talablarini bajarishga kirishildi va ijro hujjatida ko‘rsatilgan jami 527 mln. 881,2 ming so‘m qarzdorlik to‘lig‘i bilan to‘lab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MIB Chimboy tuman bo‘limi tadbirkorga 527 mln. so‘m qarzini undirib berdi