3 464
Ro‘ziqul Berdiyev: Agar AGMK finalda ham bugungidek o‘ynasa, ularga hech qanday imkoniyat yo‘q!
“Nasaf” klubi O‘zbekiston Kubogining yarim finalida Olmaliqda AGMKga qarshi bahsda yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Garchi qarshiliklar ko‘plab imkoniyatlar yaratganiga qaramay, gol urishni uddalay olmadilar. Uchrashuv nihoyasiga yetgach, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- O‘ylaymanki, mavsum biz uchun omadli keldi. Asosiy vazifamiz yuqori o‘rinlardan birini egallash edi, buni yigitlar uddaladi. Shuning uchun aytmoqchimanki, “Nasaf” jamoasining muxlislari faxrlansa bo‘ladi. Bugungi o‘yinni juda yomon boshladik. Dastlabki daqiqalarda AGMKda tashabbus bo‘lishini bilgandik. Shunga asosan yaxshi himoyalanishimiz va darvozamizdan gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Afsuski, bu istagimiz amalga oshmadi. Qolgan 60-70 daqiqa davomida o‘yin bizning ustunligimiz ostida o‘tdi. Lekin futbolda gol urish kerak. Gol urilmasa mag‘lubiyatga uchraysiz. Bugun o‘yinda ustunlik qilgan bo‘lsak-da, mag‘lubiyatga uchradik. AGMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi uchrashuvda omad tilayman.
Agar AGMK finalda ham bugungi darajasida o‘ynaydigan bo‘lsa, ularga hech qanaqa imkoniyat yo‘q. Bu mening shaxsiy fikrim.
Hali qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgani yo‘q. Ba’zi joylarda qarzdorliklardan to‘liq qutuldi, degan gap-so‘zlarni o‘qiyapman, hayronman, bunday ma’lumotni kim beryapti ekan. Ammo bunday emas. Ha, qisman berishdi, ammo hali qarzdorlik bor.
Mukofot haqida Namangandagi o‘yindan avval yozishdi. “Navbahor”ga qarshi uchrashuvdan oldin ham, keyin ham biz klub rahbarlari bilan uchrashganimiz yo‘q. Agar syurpriz qiladigan bo‘lishsa, bu gap futbolchilarga yetib kelishi kerak edi, motivatsiya bo‘lish uchun. Biroq bu haqida bizga hech kim gapirmadi.
Jamoamizni tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar haqida men ham eshityapman. Ha, shartnomasi tugayotgan futbolchilar bor. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Biz hali rahbariyat bilan o‘tirib keyingi reja haqida gaplashganimiz yo‘q, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi