Hasanboy Do‘smatov: «Aslida raqibim rossiyalik bokschi edi, bir kun qolganda barchasi o‘zgarib ketdi»

1 daqiqa o'qish3K
Hasanboy Do‘smatov: «Aslida raqibim rossiyalik bokschi edi, bir kun qolganda barchasi o‘zgarib ketdi»
Xabaringiz bor, kuni kecha Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov bugun professional ringda o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi.
Ushbu jangda Hasanboyga Odiljon Sotqinov raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakuniga yetdi.

Bokschimiz birinchi raundda raqibini uch marta nokdaun holatiga tushirdi. To‘rtinchi nokdaundan keyin esa referi jangni to‘xtatishga qaror qildi. Shu tariqa, Hasanboy birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alabaga erishdi.

Bugun tongda yurtimizga qaytib kelgan bokschimiz jang haqida qisqacha intervyu berdi:
«Yaxshi jang o‘tkazdim. 20dan oshiq bokschilar o‘zining reytingini oshirish uchun ringga ko‘tarildi. To‘g‘risi raqibim juda tezda o‘zgarib ketdi. Uni oldin ko‘rmagandim. Aslida menga qarshi rossiyalik bokschi ringga ko‘tarilishi kerak edi, lekin u bir kun qolganda rad qildi. Raqibim mendan qo‘rqdimi? Bo‘lishi mumkin», - deydi Hasanboy Do‘smatov.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?