“Rubin”da sport direktori: “O‘runov transferi barbod bo‘lganida, kimdir o‘lgandek qayg‘uga botdik”

2 daqiqa o'qish2.4K
“Rubin”da sport direktori: “O‘runov transferi barbod bo‘lganida, kimdir o‘lgandek qayg‘uga botdik”
“Rubin” bosh direktori Rustem Saymanov o‘z intervyusida o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovni klubga olib kelishning imkoni bo‘lmagani, qozonliklarning rejalarini o‘zgartirib yuborgani haqida gapirdi.

- Oleg Yarovinskiyning “Rubin”da sport direktori bo‘lib ishlayotgani klubimiz yutug‘idir. Bu mutaxassis bilan birga Ruben Pulido, Sesar Navas, Andrey Semenov klubning skautlar guruhini tashkil qiladi. Yarovinskiy ingliz tilida bemalol muloqot qila olishi ishimizga ijobiy ta’chir qiladi. Qolaversa. Oleg kelganidan keyin futbolchilar bilan aloqa o‘rnatish uchun vositachilarning keragi bo‘lmay qoldi, - deydi Rustem Saymanov.

- Oleg ishingizni yengillashtirdimi?
- Albatta. Biz uning ishidan har tomonlama mamnunmiz. Uning transferlardagi o‘rni, transfer bozorini qamrab olish darajasi, qaror qabul qilishdagi tezkorligi bizni bu boradagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tardi.

- In Bom transferi misolida bu ishlar qanday tashkil qilinishini gapirib bering...
“Rubin”da sport direktori: “O‘runov transferi barbod bo‘lganida, kimdir o‘lgandek qayg‘uga botdik”
- Aslida biz Oston O‘runovni olishni istagan edik. Bosh murabbiy Leonid Slutskiy o‘zbek futbolchisi kelsa, unga mos tushadigan sxemalarni rejalashtirib ham qo‘ygandi. Murojaatlarimizga qaramasdan, O‘runovni bizga berishmadi. Uning transferi barbod bo‘lganda, kimdir o‘lgandek qayg‘uga botdik.

Keyin Oleg Yarovinskiy boshqa legionerga e’tibor qaratishni taklif qildi. Bizda O‘runov mo‘ljallangan pozitsiyaga taklif etiladigan ro‘yxati tayyor edi. Rejamizga ko‘ra, maydon markazida kuchli driblingga ega, tez qaror qabul qiladigan, yakkakurashlarda ustunlikni ta’minlaydigan, faol va eng muhimi aqlli o‘yin namoyish qiladigan futbolchini olishimiz kerak edi. Ro‘yxatdan juda ko‘p futbolchilar joy olgandi va ularning o‘yin usullari, imkoniyatlari, salohiyati chuqur tahlili qilingan.

O‘runovning transferi o‘xshamaganidan keyin o‘sha ro‘yxatni ko‘tardik. Keyin har bir nomzod bo‘yicha bahs-munozara boshlandi, turli taxmin va tahlillar o‘rtaga tashlandi. Oleg o‘z yo‘nalishi bo‘yicha klublar bilan bog‘lanib, nomzodlarni o‘rganib chiqdi.

Oxiri Slutskiyning Yevrodagi agenti Kristian Emilega bog‘landik. Oleg keyin In Bom nomzodini taklif qildi. Uni ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etdi. Hammasi bilan uning o‘zi shug‘ullandi.

U bizning Ostonga umid bog‘laganimizni bilardi va In Bom ham salohiyat bobida o‘zbek futbolchisidan qolishmasligini ta’kidladi. Bu transfer bizga Ostonnikidan ancha arzon tushishi ham ma’qul keldi.
“Rubin”da sport direktori: “O‘runov transferi barbod bo‘lganida, kimdir o‘lgandek qayg‘uga botdik”
Darhaqiqat, ilgari bir necha o‘zbekistonlik futbolchilar muvaffaqiyatli to‘p surgan “Rubin” jamoasi yozda “Ufa”dan Oston O‘runovni transfer qilish uchun 2 million yevrolik taklif bildirgan edi. Qozonliklar legionerimiz uchun SSKA va “Spartak” bilan raqobatlashdi.

O‘runovning “Spartak”ga nasib etgani Shamil Gazizovning istagi bilan amalga oshganini hamma biladi. Yaqinda qozonliklar Moskva klubida zaxirada qolib ketayotgan futbolchimizni olish uchun “Spartak”ga rasmiy so‘rov yubordi.

Poytaxt klubi avvaliga “Rubin”ga rad javobini berdi. Keyin esa, Oston O‘runov transferi uchun 6 million yevro kompensatsiya so‘ragani “Rubin”ni bu transferdan voz kechishga majbur qildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?