23:55 / 08.01.2021
1 097

O‘zbekiston terma jamoasi Dubayda Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

O‘zbekiston terma jamoasi Dubayda Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH — 2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 2021 yilning 15 fevral kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiya matbuot xizmatining yozishicha, Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa 8—18 fevral kunlari Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi.

Qayd etilishicha, mazkur yig‘in doirasida Iordaniyadan tashqari yana ikki jamoa bilan bahs olib borish rejalashtirilgan. Hozirda bo‘lajak uchrashuvlardagi ehtimoliy raqiblar bilan muzokaralar o‘tkazilayotgani aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)