1 871
Piter Xyuistra: "Klub rahbariyati jamoani Shotadan keyin qabul qilishni so‘raganidan faxrlanaman"
"Paxtakor" bosh murabbiyiga aylangan Piter Xyuistra o‘zining tayinlanishi, tarkib, yig‘in va jamoa ishqibozlari xususida fikrlarini bildirdi.
- "Paxtakor" bosh murabbiyi bo‘lganimdan xursandman va klub rahbariyati jamoani Shotadan keyin qabul qilishni so‘raganidan faxrlanaman. Ular men bilan "Paxtakor" oxirgi uch yarim yilda amalga oshirgan rivojlanish yo‘lini davom etishini bilishadi. Men buni davom ettiraman, o‘yin uslubimiz saqlanib qoladi, ehtimol yaxshiroq ham bo‘ladi. Bu futbolchilar uchun ham yaxshi, chunki biz ishlab kelgan yo‘limizda davom etamiz.
Yanvar hamisha futbolchilar jamoalarini almashtiradigan davr. "Paxtakor"da ham har yili kimdir ketadi va boshqalar keladi. Faqat ketgan o‘yinchilar o‘rnini yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to‘ldirish kerak. Bu o‘ziga xos sinov. Bu yil ham shunday.
Futbolchilar yaxshi dam olishdi va ta’tildan qaytishdi. Ular dam olish davrida ham ma’lum hajmda ishlashdi. Endi birgalikda chempionatni boshlash uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasiga yaxshi holatda hozir bo‘lishga intilamiz.
Bu yerda o‘tkazgan davrimda ko‘plab muxlislar bilan tanishdim, ular bilan yaxshi munosabatdaman. Umid qilamanki, kelayotgan mavsumda ham ular bilan aloqalarimiz yaxshi bo‘ladi. Biz ulardan qo‘llab-quvvatlash olamiz. Bu juda muhim. Futbol klubi ham aslida ishqibozlar degani. Birgalikda ajoyib mavsum o‘tkazamiz deb umid qilaman, - deydi Piter Xyuistra "Paxtakor" matbuot xizmatiga. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas