23:39 / 24.01.2021
2 206

Maykl Chendler: «Habib, qaytishni xohlasang, men shu yerdaman»

Maykl Chendler: «Habib, qaytishni xohlasang, men shu yerdaman»
Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Maykl Chendler UFC 257 musobaqasida bo‘lib o‘tgan Den Hukerga qarshi jangdagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Men Habibni taslim eta olaman. Unga kamera orqali murojaat qildim. Hamma narsaga erishding, ketishing va boshqa hayot tarzini kechirishing mumkin. Biroq agar qaytishni xohlasang, men shu yerdaman.

Dastinga qarshi kamar uchun jang qilish? Ha, ajoyib ish bo‘lardi. Uni juda hurmat qilaman. U bilan tanishdik, suhbatlashdik. Dastin — ajoyib yigit. Jon deb u bilan 25 daqiqa oktagonda vaqt o‘tkazaman.

Bu g‘alaba — hayotimdagi eng muhimi. Ko‘plar shubhaga borgan, hech nimani isbotlay olmasligimni aytgandi. O‘sha odamlar adashganini isbotlashim juda muhim edi. G‘alaba qayd etildi va olg‘a yuramiz.

Huker, albatta, juda jahli chiqdi. Mag‘lublar haqida gapirishni yomon ko‘raman. Bu hurmatsizlikdir. Raqibni nokautga uchratding, u endi o‘ziga keldi, sen esa uning yoniga yugurib borasan va quchgilar bilan asabiga o‘ynaysan. Raqib o‘ziga kelib olishi va hammasini o‘ylab olishi uchun vaqt kerak
", - dedi Maykl Chendler.

Maykl Chendler — yengil vazn toifasida uch karra Bellator chempioni. Shuningdek, u ushbu promoushen doirasida o‘tkazilgan yengil vazn jangchilari musobaqasida bir marta g‘olib chiqqan.

Amerikalik yakkakurashchi UFC 257 musobaqasining ikkinchi asosiy jangida yangi zelandiyalik Hukerni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Den Hukerga qarshi jang Chendler uchun UFC’dagi debyut bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maykl Chendler: «Habib, qaytishni xohlasang, men shu yerdaman»