18:30 / 28.01.2021
2 031

Jaloliddinov transferining sirli jihatlari ochilmoqda

Jaloliddinov transferining sirli jihatlari ochilmoqda
Katta shov-shuv bilan “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga o‘tib, moskvaliklar bilan besh yillik shartnoma imzolagan Jasur Jaloliddinovning shartnomasi besh oyda barbod bo‘ldi. Rossiyalik mutaxassislar va jurnalistlar bu transferni faqat agentlar manfaatiga xizmat qilganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu transfer boshida turgan Yuriy Belous yosh yarim himoyachining imkoniyatlarini o‘rganish uchun Rossiyadan besh marta kelgan ekan. Futbolchining o‘zi esa, karantin tufayli anchagacha Moskvaga bora olmagan.

“Lokomotiv”ning o‘sha paytdagi rahbari Vasiliy Kiknadze qalin do‘sti Belousga Jasurga asosiy tarkibda joy yo‘qligini va u olingan taqdirda ham ijaraga berib yuborilishini aytgan. Biroq, Kiknadze atrofidagi 3-4 kishi Jasurni maqtaganidan so‘ng, rahbar ularga ishongan va shartnomaga rozilik bergan.

Jasurning o‘zi kumirlari bo‘lgan Miranchuklar bilan birga o‘ynashni orzu qilardi. Lekin bu amalga oshmadi. Jaloliddinovning Rossiya U-19 terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan nazorat uchrashuvidagi o‘yini moskvalik mutaxassislarni umuman qoniqtirmadi.

Xullas, keyingi voqealardan hammaning xabari bor.

Aslida “Loko” rahbari Kiknadzeni bu transferdan ko‘pchilik qaytarishga harakat qilgani endi oshkor bo‘lmoqda. Lekin u 30 yillik qadrdon do‘sti Belousga qattiq ishongan. Chunki Belous boshqarayotgan Soccer Career konsalting agentligi iqtidorli futbolchilar bilan ishlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Belous 12 nafar o‘zbek futbolchisi bilan shartnomaga ega. Jasurning transferi bilan ham aynan uning shaxsan o‘zi shug‘ullangan.

Sports.ru tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Loko” sport direktorining sobiq o‘rinbosari Andrey Losyuk, klub akademiyasi sobiq direktori Vladimir Kuzmichev Kiknadzeni bu transferdan qaytarib, Belous uni aldayotganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuziga aytishgan. Rahbar ularni eshitishni istamadi va transferga buyruq berdi.

Garchi Belous Kiknadzega Jasurning kelishini bosh murabbiy Marko Nikolich ma’qullaganini aytgan bo‘lsa-da, “Chempionat” nashriga ko‘ra, bu transfer bosh murabbiy bilan kelishilmagan. Natija Nikolich o‘zbek futbolchisini umumiy mashg‘ulotlarga yaqinlashtirmagan ekan. Markoning o‘zi esa, Jasurni yaxshi bilishini ta’kidlab, bu ma’lumotlarni inkor qilgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Nikolich rahbariyatdan Slobodan Raykovich va Fransua Kamanoni olib kelishni so‘ragan, Kiknadze buning uchun u Jaloliddinovning kelishiga rozilik berishi kerakligini uqtirgan va bunga erishgan ham.

Nikolich Jasurning Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yinini ko‘rib, uni asosiy tarkibga kiritmaslikka qaror qildi. Kiknadze esa, Belousning bu transferidan norozi bo‘ldi va ikki do‘st shuning ortidan urishib ham qoldi.

“Lokomotiv” 18 yoshli yarim himoyachi transferi uchun bir million yevro atrofida xarajat qildi. Shundan, 130 ming yevro “Bunyodkor” hisobiga kelib tushdi. 850 ming yevroni agentlar oldi. Bu masalaga Belous aniq javob bergani yo‘q.

Xullas, Jasurning Rossiyadagi besh oylik faoliyati umumun muvaffaqiyasiz chiqdi. Nihoyat, hamyurtimiz o‘ziga imkon bermagan klub bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu yog‘iga Belous Jasurga markaziy Yevropa, arab mamlakatlari va Ispaniya Segundasidan takliflar bo‘layotganini va ayni paytda ular bilan muzokara o‘tkazishga imkon borligini . Ko‘ramiz, bu gal rossiyalik mutaxassis qanday yo‘l tutarkin...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddinov transferining sirli jihatlari ochilmoqda