“Yuventus”ning Eldor Shomurodovga qiziqayotgani va bu borada “Jenoa” bilan muloqotga kirishgani haqidagi xabarlar qishki transferlar mavsumining eng shov-shuvli voqealaridan bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda hamon bu boradagi fikr-mulohazalar tingani yo‘q.
Garchi “Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi Turin klubi ayni paytda yangi hujumchiga ehtiyoj sezmayotgani va bu masalaga qulay vaziyat bo‘lganida qaytishini bildirib, mavzuga mujmal munosabat bildirgan bo‘lsa-da, “Jenoa” prezidenti Enriko Pretsiozi aniq qilib, Shomurodovni qo‘yib yubormasligini uqtirdi.
Shomurodovning “Yuventus”ga transferi haqidagi gap-so‘zlar genuyalik muxlislarning ham e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Ular buni turlicha baholamoqda.
An’anaga ko‘ra, e’tiboringizga “Jenoa” muxlislarining ushbu mavzuga oid munosabatini havola etamiz.
Alfredo Carrara:
Men oldindan “El Uzbeko” hech qayerga ketmasligini bilardim.
Il Grifonauta:
“Jenoa”ning Shomurodovni qo‘yib yubormasligi yaxshi bo‘ldi. Hujumchilarimiz bu mavsum o‘zimizga ham kerak. V Seriyaga tushib ketmaslik uchun ularni olib qolish to‘g‘ri yo‘l bo‘ldi.
Anna Lazzari:
Alvaro Morataning o‘yinidan kelib chiqib, turinliklarning yangi hujumchi qidirayotgani mantiqsizlikdir.
Dassori Fabio: (Anna Lazzari fikriga javob)
Menimcha, “Yuventus” Shomurodov va Skamakkani zaxira hujumchisi sifatida olmoqchi edi.
Christian Sini:
“Yuventus” rahbarlari katta xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin edi.
Cesare Rizzo:
Shomurodov va Skamakkaning “Yuventus”ga o‘tishi futbolchilar uchun ham, klub uchun ham hech qanday foyda bermaydi. “Jenoa” murakkab vaziyatda turgan bir paytda yaxshi hujumchilarni yo‘qotgani qoladi xolos. Eldor ham, Janluka ham Turin superklubida zaxirada qolib ketadi.
Elisa Dillon:
Men hujumchlarimiz katta klublarga o‘tib, jamoamizga moddiy foyda keltirsa, xursand bo‘lardim. Menimcha, Shomurodovga juda katta pul taklif qilishmasa kerak.
Franca Casareto:
Shu paytgacha ikkita gol urgan hujumchi “Yuventus” e’tiboriga tushgani qiziq tuyulyapti.
Ayni paytda Eldor Shomurodov “Jenoa”ning navbatdagi uchrashuviga tayyorlanmoqda. A Seriyaning 20-turida genuyaliklar musobaqa autsayderi “Krotone” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu bahs 31 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi