Yuventus darvoza chizigʻini kuchaytirish uchun transfer bozorida faollashdi

Yuventus darvoza chizigʻini kuchaytirish uchun transfer bozorida faollashdi

Italiyaning Yuventus klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish va darvoza pozitsiyasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida transfer bozorida faol harakatlarni boshladi. Jamoa bosh murabbiyi tarkibdagi mavjud ikkita darvozabon bilan cheklanib qolmasdan, chiziqni yana-da ishonchli futbolchi bilan toʻldirish niyatida ekanini yashirmadi. Hozirda Turin klubi transfer bozoridagi imkoniyatlarini va moliyaviy resurslarini oʻta ehtiyotkorlik bilan baholamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Goal.com nashri xabar qilishicha, bosh murabbiy oʻrtoqlik uchrashuvidagi gʻalabadan soʻng jamoaning darvozabonlar borasidagi rejalariga oydinlik kiritgan. Unga koʻra, kelasi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushadigan 1-raqamli posbon hozirda navbatma-navbat sinovdan oʻtkazilayotgan Di Gregorio yoki Perin boʻlmasligi mumkin. Rahbariyat transfer bozorida yanada tajribali yoki istiqbolli nomzidlarni qidirmoqda.

Emiliano Martines asosiy nishon

Turinliklarning dastlabki va asosiy transfer maqsadi Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines hisoblanadi. Biroq Aston Villa klubi oʻz posboni uchun 12-15 million yevro atrofida mablagʻ talab qilayotgani va tomonlar oʻrtasida hali toʻliq kelishuvga erishilmagani transferni sekinlashtirmoqda. Yuventus moliyaviy imkoniyatlari cheklangani sababli ushbu tranzksiyada ehtiyotkorlik bilan qadam tashlamoqda.

Agar Emiliano Martines yoʻnalishidagi muzokaralar natija bermasa, Yuventus uchun muqobil variantlar ham koʻrib chiqilmoqda. Jumladan, Parma sharafini qoʻriqlayotgan yaponiyalik darvozabon Zion Suzuki ham Turin klubi eʼtiborida. Biroq mazkur futbolchi uchun Pari Sen-Jermen kabi grand jamoalar ham daʼvogarlik qilayotgani va Yuventus uni faqat ikkinchi darajali muqobil sifatida koʻrayotgani maʼlum qilindi.

Anatoliy Trubin variantiga qiziqish

La Stampa nashrining yozishicha, Yuventus rahbariyati Portugaliyaning Benfika klubi darvozaboni Anatoliy Trubin masalasida ham dam olish kunlari aloqaga chiqqan. Ukraina terma jamoasi posboni Turin klubiga maʼqul kelayotgan nomzidlardan biri sanaladi. U Emiliano Martinesga nisbatan yoshroq va tajribasi kamroq boʻlsa-da, katta salohiyatga ega ekani eʼtirof etilmoqda.

Shunga qaramay, mazkur transferda ham asosiy toʻsiq moliyaviy shartlarga borib taqalmoqda. Benfika klubi oʻz darvozabonini bonuslarni qoʻshib hisoblaganda 30 million yevro atrofidagi mablagʻ evazigagina qoʻyib yuborishga tayyor. Yuventus uchun esa hozirgi vaqtda boshqa ustuvor vazifalar mavjud boʻlib, agar Emiliano Martines boʻyicha muzokaralar toʻxtab qolsagina, Trubin variantiga jiddiyroq yondashiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar