O‘tgan mavsumda Belarus chempioni bo‘lgan Jasur Yaxshiboyev faoliyatini yana Yevropada davom ettiradigan bo‘ldi.
Belarus chempionatida “Energetik-BGU” va “Shaxtyor” jamoalari sharafini himoya qilgan o‘zbek legioneri mavsumning eng foydali futbolchisi, deb e’tirof etilgan va to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi endi Polshaning yetakchi klublaridan hisoblangan “Legiya” bilan shartnoma tuzishi kutilmoqda.
Jasur ayni paytda Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib turibdi va bu yerda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
“Legiya” Polshaning amaldagi chempioni hisoblanadi. 1916 yilda tuzilgan ushbu klub faoliyati davomida 14 marotaba mamlakat chempionati g‘olibi bo‘lgan. O‘n uch marta kumush va o‘n to‘rt marotaba bronza medalga ega chiqqan. “Legiya” Polshaning ichki musobaqalarida jami 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!