O‘tgan mavsumda Belarus chempioni bo‘lgan Jasur Yaxshiboyev faoliyatini yana Yevropada davom ettiradigan bo‘ldi.
Belarus chempionatida “Energetik-BGU” va “Shaxtyor” jamoalari sharafini himoya qilgan o‘zbek legioneri mavsumning eng foydali futbolchisi, deb e’tirof etilgan va to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi endi Polshaning yetakchi klublaridan hisoblangan “Legiya” bilan shartnoma tuzishi kutilmoqda.
Jasur ayni paytda Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib turibdi va bu yerda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
“Legiya” Polshaning amaldagi chempioni hisoblanadi. 1916 yilda tuzilgan ushbu klub faoliyati davomida 14 marotaba mamlakat chempionati g‘olibi bo‘lgan. O‘n uch marta kumush va o‘n to‘rt marotaba bronza medalga ega chiqqan. “Legiya” Polshaning ichki musobaqalarida jami 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yaxshiboyevga Yevropa chempionlar ligasining doimiy ishtirokchisi xaridor bo‘lmoqda

“Dinamo Kiyev” Yaxshiboyevni nishonga oldi, u Shatskix o‘rnini bosishi kerak!

Yaxshiboyevni to‘xtatib bo‘lmaydi, u yana ikkita gol urdi

Belarusning «Shaxtyor» klubi Yaxshiboyev transferini e’lon qildi

“Shaxtyor” Yaxshiboyevni olish uchun eng zo‘r to‘purarini sotmoqda

Yaxshiboyevga Polsha klubi qiziqdi, unga qancha narx qo‘yilgani ma’lum