07:30 / 18.02.2021
1 721

Valeriy Karpin Shomurodov haqida: "Yuventus"? Buni jurnalistlar o‘ylab topgan

Valeriy Karpin Shomurodov haqida: "Yuventus"? Buni jurnalistlar o‘ylab topgan
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin "Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Yuventus"ning qiziqishi? Menimcha, buni jurnalistlar o‘ylab topgan. U "Jenoa"da nimaga erishdi? 2 ta gol va 2 ta assist. Nechta o‘yin o‘tkazdi? 15 ta. Statistika ajoyib. Bu falokat. Lokdaun? Bahona qidirish kerak emas. Hozir barcha mamlakatlarda lokdaun. Men bunday statistikasi bilan uni zaxirada qoldirgan bo‘lar edim. Bunday tempda u faqat mashg‘ulotlarda gol kiritadi.

Maslahat? Kundalik hayotda tilni o‘rganish va murabbiy bilan muloqot o‘rnatish. U mening talablarimni bajardi va shuning uchun o‘ynadi. Buning uchun ular ko‘p pul to‘lashgan edi. Bunga faqat so‘nggi yilda ishonganman. Bunga qadar men uni qachon O‘zbekistonga qaytarib yuborishlari haqida o‘ylar edim. Hozir esa Italiyani zabt etmoqda. Murabbiy talab qilganini bajarish kerak. Shunda barchasi yaxshi bo‘ladi
, - dedi Karpin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Valeriy Karpin Shomurodov haqida: "Yuventus"? Buni jurnalistlar o‘ylab topgan