09:00 / 19.02.2021
1 875

"Nasaf" klubiga yangi sport direktori tayinlandi

"Nasaf" klubiga yangi sport direktori tayinlandi
"Nasaf" futbol klubiga begona bo‘lmagan va jamoa safida ko‘p yillar to‘p surgan Botir Qorayev jamoa sport direktori lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Yunus Nabiyev klub strukturasida boshqa lavozimda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

- "Nasaf" jamoasi men uchun begona emas. Yangi lavozimga tayinlangan bo‘lsam ham, jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam berishga harakat qilaman — deydi Botir Qorayev.

Bizning ma’lumot:
Qorayev Botir Saidovich — 1980 yil Koson tumanida tug‘ilgan.
2006 yilda Qarshi Davlat universitetini tamomlagan.
1997-2006 / 2008-2016 yillarda «Nasaf» futbol klubida to‘p surgan.
2017 yilda «Mash’al» jamoasida to‘p surgan.
2018-2020 yillarda «Mash’al» jamoasida yordamchi murabbiy lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

"Nasaf" PFK matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" klubiga yangi sport direktori tayinlandi