
"Spartak" klubi Rossiya Premer-ligasi mavsumning ikkinchi davrasi uchun Oston O‘runovni qaydnomadan chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Spartak" klubi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Anton Fetisov 19 fevral kuni Oston O‘runov mavsumning qolgan qismi uchun jamoa qaydnomasidan o‘rin olmasligini ma’lum qildi.
"O‘runov? Oston murabbiylar shtabi qarori bilan qaydnomadan chiqarildi. Uning kelajagi ko‘rib chiqiladi", - dedi Fetisov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar