20:23 / 19.02.2021
2 766

“Spartak” O‘runovning narxini e’lon qildi

“Spartak” O‘runovning narxini e’lon qildi
“Spartak”yarim himoyachisi Oston O‘runov tezroq o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Eng maqbul variant sifatida legionerimizning “Ufa”ga qaytishi aytilmoqda. “Ufa” bosh direktori Rinat Shaybekov Oston O‘runovni olib kelish bo‘yicha ish boshlanganini ma’lum qildi.

- Biz O‘runovni xarid qilish huquqisiz oddiy ijaraga olmoqchimiz. Bungacha biz “Spartak” rahbariyatiga o‘zbek futbolchisini to‘liq transfer qilish bo‘yicha murojaat etib, bizga berilgan summani qaytarishni taklif qilgandik. “Spartak” uch barobar ko‘p so‘radi. Biz ularga bir million yevro bermoqchi edik, moskvaliklar 3 million yevro talab qildi, - dedi Rinat Shaybekov.

O‘runov yozgi transferlar vaqtida “Spartak”ga aynan “Ufa”dan olib kelingan va moskvaliklar bilan besh yillik shartnoma imzolagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Spartak” O‘runovning narxini e’lon qildi