08:00 / 02.03.2021
1 588

AGMK niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

AGMK niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
AGMK jamoasi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish doirasida seleksiya ishlarini ham jadallik bilan olib bordi.
Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi legionerlar saralab olishga alohida e’tibor qaratib, Antaliyadagi yig‘inda jamoa safida bo‘lgan niderlandiyalik hujumkor vinger Elvin Fortesning harakatlaridan qoniqish hosil qilishdi.

Shu boisdan ham Fortes bilan shartnoma imzolash bo‘yicha olib borilgan muzokaralar jarayoni yakunida har ikkala taraf o‘zaro kelishuvga erishdi. Klub niderlandiyalik futbolchi Elvin Fortes bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Elvin Fortes 1994 yil, 25 may kuni Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tug‘ilgan. Elvin "Feyenoord" va "Sparta Rotterdam" yoshlar jamoasida to‘p tepgan. Professional faoliyatini esa Finlyandiyaning "Kemi" jamoasida boshlagan. Faoliyatini asosiy qismini esa Niderlandiyada o‘tkazgan. Shuningdek, Turkiya, Chexiya, Gruziya va Qozog‘iston chempionatlarida o‘ynagan.

Elvin AGMK safida ham sevimli 94-raqamini tanladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi