09:00 / 07.03.2021
2 649

Shahram G‘iyosov Toshkentdagi tarixiy jang kechasida ringga ko‘tariladi

Shahram G‘iyosov Toshkentdagi tarixiy jang kechasida ringga ko‘tariladi
O‘zbekiston professional boks olamida tarixiy voqeylik yuz berish arafasida ya’ni, 3 aprel kuni Toshkent shahri ajoyib professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Ilk bora yurtimizda IBF hamda WBA chempionlik kamarlari uchun boks oqshomi tashkil etiladi.

Ma’lumki, ikkinchi mutloq yengil vazn (55.3 kg) toifasida IBF va WBA chempioni yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliyev hisoblanadi. Mazkur jang kechasining asosiy jangida Ahmadaliyev o‘z titullarini yaponiyalik Riosuka Ivasdan himoya qilsa, Sports.uz saytining ta’kidlashicha, Shahram G‘iyosov (10-0,8 KO) katta ehtimol bilan rossiyalik Isa Chaniyevga (14-3,6 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov Toshkentdagi tarixiy jang kechasida ringga ko‘tariladi