Futbol tarixida Evropa kuchli beshligi to‘purarlari orasida Messi 10-o‘ringa ko‘tarildi

Ispaniya chepionatining 23-turida "Levante" darvozasiga 3ta gol urgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi La ligadagi gollar sonini 268taga etkazdi.
Shu tariqa, 27 yoshli argentinalik o‘yinchi futbol tarixida Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida urgan gollari soni bo‘yicha germaniyalik Klaus Fisherga etib oldi va kuchli o‘nlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikkala futbolchi hisobida 268ta gol bor.
Ushbu ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu 289ta gol bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. U APLda 84ta, Ispaniya chempionatida esa 205ta golga mualliflik qilgan. Yana 10ta goldan keyin u kuchli beshlikka kiradi.
Futbol tarixida Evropaning kuchli beshlik chempionatlari to‘purarlari quyidagicha:
1. Jimmi Grivz (Angliya, 1957 — 1971) — 366 gol (Angliyada — 357, Italiyada — 9)
2. Gerd Myuller (Germaniya, 1965 — 1979) — 365 gol (Germaniyada)
3. Stiv Blumer (Angliya, 1892 — 1914) — 317 gol (Angliyada)
4. Diksi Din (Angliya, 1924 — 1938) — 310 gol (Angliyada)
5. Delio Onnis (Argentina/Italiya, 1971 — 1986) — 299 gol (Fransiyada)
6. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 2003 – ) – 289 gol (Ispaniyada — 205, Angliyada — 84)
7.Gordon Xodjson (Angliya/JAR, 1926-1939) — 287 gol (Angliyada)
8.Alan Shirer (Angliya, 1988-2006) — 283 gol (Angliyada)
9. Silvio Piola (Italiya, 1930-1954) — 274 gol (Italiyada)
10. Lionel Messi (Argentina, 2004 – …) – 268 gol (Ispaniyada)
10. Klaus Fisher (Germaniya, 1968 — 1988) — 268 gol (Germaniyada).
Manba: www.stadion.uz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing