
Professional boksning yarim o‘rta (66.6 kg) vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan hamyurtimiz uzoq tanaffusdan so‘ng, yana ringga ko‘tarildi. AQSHda o‘tkazilgan ushbu jangda Abduqahhorovga puerto-rikalik Xaver Flores (15-3) raqiblik qildi.
Quvonarlisi yurtdoshimiz jangning 8-raundida raqibini texnik nokautga tushira oldi va mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirdi. Ya’ni, Abduqahhorov professional faoliyatidagi 18- g‘alabasiga erishdi. Shu vaqtga qadar u 17 ta jangning barchasida zafar quchgandi. Shuningdek, yurtdoshimiz Sampson Levkovich boshchiligidagi yangi promouterlik kompaniyasi tashkil qilib bergan ilk jangida ringga ko‘tarildi.
Mazkur g‘alaba bilan bokschimiz va uning murabbiylarini muborakbod etamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar