Foto: Matchroom
Professional boksning og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasi vakillari Aleksandr Povetkin (36-3-1, 25 KO) va Dillian Uayt (27-2, 19 KO) Toshkent vaqti bilan 28 mart, yakshanba kuni Gibraltardagi Europa Point Sports Complex majmuasida o‘zaro to‘qnash keldi.
Povetkin va Uayt o‘rtasidagi revansh jangi 4-raunddayoq yakuniga yetdi. Britaniyalik bokschi 4-raund so‘ngida ketma-ket o‘ta kuchli zarbalar yo‘llab rossiyalik raqibini dahshatli nokautga uchratdi va g‘alabani o‘ziniki qildi.
Qayd etish joiz, tomonlarning 2020 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan dastlabki jangida Povetkin Uaytni nokaut evaziga taslim etgandi. Dillian Uayt ushbu g‘alaba orqali WBC yo‘nalishida vaqtinchalik chempion maqomini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?