Zahiradan maydonga tushgan Shahboz Umarov 2 daqiqada 2 supergol kiritdi (video)

Zahiradan maydonga tushgan Shahboz Umarov 2 daqiqada 2 supergol kiritdi (video)
Bugun Belarus Oliy ligasida 3-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE bu tur o‘z maydonida "Gomel"ni qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz mezbonlar safida bellashuvni zaxirada boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushdi. Bu vaqtda hisob 1:1 bo‘lib turgan edi.

52-daqiqada Shahboz Maksim Skavishning uzatmasidan so‘ng ajoyib tarzda to‘pni raqib darvozasiga kiritdi. Oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan darvozabon bilan qulay vaziyatga chiqib borgan Umarov ikkinchi golni kiritdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar