Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Ikkita har xil bo‘limga guvoh bo‘ldik. Birinchi taymda juda bo‘sh o‘ynadik. Futbolchilarga yutuq oson keladigandek tuyuldi. Bunday munosabat esa birinchi bo‘limda jazosiz qolmadi, albatta. Taym so‘nggida standart vaziyatidan gol o‘tkazib yubordik.
Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Qolaversa, gol ham urdik. Lekin o‘zimizning xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik. O‘yinga raqibni mensimagandek chiqqandek bo‘ldik. Balki men jamoani ushbu bahsga yaxshi tayyorlay olmadim.
Qolaversa, omad biz tomonda bo‘lmadi. Hisob 2:0 ko‘rinishiga kelganida gol urdik va ikkinchi golni ham urgandik.
O‘yin taraflama ham qo‘shgandik. Menimcha, hakam xatosi tufayli golimiz bekor bo‘ldi. Lekin bu mag‘lubiyatga bahona bo‘lishi kerak emas. G‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. O‘zimizning xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik.
Hali oldimizda 4 o‘yin turibdi. Ishlaymiz va vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.
— Har 3 kunda o‘yin bo‘layotgani tufayli futbolchilarda charchoq alomatlari bugungi o‘yinga ta’sir qildimi?
— Yo‘q, hech qanday charchoq alomatlari yo‘q. Hisobda ortda borayotganda hujum qildik, jismoniy taraflama muammo bo‘lgani yo‘q. Hamma gap miyada, fikrlashda", - dedi Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"